Viloyat hokimligi boshqaruvi

Viloyat hokimligi apparati

   Viloyat hokimligi apparatida jami 44 kishi faoliyat ko‘rsatadi. Bular viloyat hokimining beshta yo‘nalish bo‘yicha o‘rinbosarlari, ularning besh nafar mutaxassisdan iborat kotibiyatlari, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari guruhi, axborot-taxlil guruhi, tashkiliy-nazorat guruhi, huquqni muxofaza qilish organlari faoliyati, harbiy-safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo‘yicha guruh, safarbarlik tayyorgarligi guruhi, umumiy bo‘lim va ishlar boshqarmasidan iborat.

      Bo‘linmalar faoliyati ularning rahbarlari tomonidan viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlangan Nizomlar asosida tashkil etiladi.

Viloyat hokimligi apparati:

- soxalar va xududlarda o‘tkazilayotgan isloxotlarni chuqurlashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan maqsadli dasturlarning amalda bajarilishini ta‘minlaydi;

- hokimlik muhokamasiga kiritilayotgan hujjatlar loyixalarini belgilangan muddatda ishlab chikilishini tashkil kiladi. Yukori tashkilotlar hamda hokim qaror va farmoyishlarining maxalliy boshqaruv organlari hamda idoralari tomonidan o‘z vaqtida bajarilishini ta‘minlaydi va nazoratini tashkil qiladi;

- bo‘lim, guruh va kotibiyat vakolatiga taallukli masalalar bo‘yicha taxliliy hujjatlarni tayyorlaydi va hokimlikka tushgan axborot, taklif va muloxazalarni umumlashtiradi. Viloyat hokimligi apparati bo‘linmalari faoliyatiga viloyat hokimi va hokim o‘rinbosarlari rahbarlik qiladi. Ularning ichki apparat va xujjatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

Sayt bo'ylab qidiruv
Imkoniyati cheklanganlar uchun

Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Dam olish kuni: Shanba va Yakshanba

Yangiliklarga obuna bo'lish
e-mail:

F.I.SH.:

Obuna: O'chirish:

Saytdagi odamlar


1 TA FOYDALANUVCHI HOZIR SAYTDA