Yagona interaktiv portal

Jami murojaatlar: 19, 100%

Ko'rib chiqilmoqda: 1, 5%

Javob berilgan: 17, 89%

Rad etilgan: 3, 16%

My.gov.uz orqali murojaat
Virtual qabulxona

Jami murojaatlar: 9. 100%

Ko'rib chiqilmoqda: 8.89%

Javob berilgan: 1.11%

Rad etilgan: 1.11% Murojaat qilish Murojaatlar Tuman hokimi qabuliga yozilish

Ishonch telefoni
0 (376) 224-02-89

22 Jan 2019

Jami murojaatlar: 69, 100%

Javob berilgan: 65, 94%

Rad etilgan: 0, 0%


Surxondaryo viloyati

    Surxondaryo viloyati - O'zb?kiston R?spublikasi tarkibidagi viloyat.1941 yil 6 martda tashkil etilgan (1925 yil 29 iyundan Surxondaryo okrugi bo'lgan). 1960 yil 25 yanvarda Qashqadaryo viloyati bilan qo'shilgan. 1964 yil 7 f?vralda qaytadan tashkil qilindi.R?spublikaning janubiy-sharqida, Surxon-Sh?robod vodiysida joylashgan. Janubdan Amudaryo bo'ylab Afg'oniston, shimol, shimol-sharq va sharqdan Tojikiston, janub-g'arbdan Turkmaniston, shimol-g'arbdan Qashqadaryo viloyati bilan ch?garadosh.

     Hududi 20,1 ming km2. Surxondaryo viloyatining tarkibida viloyatga bo'ysinuvchi 14 tuman (Angor, Boysun, D?nov, Jarqo'rg'on, Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo, T?rmiz, Uzun, Sh?robod, Shurchi, Qiziriq Qumqo'rg'on), 8 ta tumanga bo'ysinuvchi shaharlar (Boysun, D?nov, Jarqo'rg'on, T?rmiz, Sharg'un, Sh?robod, Sho'rchi, Qumqurg'on), 7 ta shaharcha (Angor, Do'stlik, Kakaydi, Sariosiyo, Sariq, Elbayon, Xurriyat), 114 qishloq fuqarolar yig'ini, 698 ta mahalla fuqarolar yig'ini va 847 ta qishloq aholi punktlari bor.

Markazi - T?rmiz shahri.

     Tabiati: Surxondaryo viloyati r?l?fi tog' va t?kisliklardan iborat, shimoldan janubga qiyalanib va k?ngayib boradi. Tog'lar dan oqib tushadigan ko'pdan-ko'p daryo va soylar dara hosil qilgan. Surxon daryo va Sh?roboddaryo oqib o'tadigan t?kislik shimoliy, g'arb va sharqdan baland Hisor tizmasi (eng baland joyi 4643 m) va uning tarmoqlari (Boysuntog', Ko'hitang tog', Bobotog') bilan o'ralgan.

    T?kislik qismining iqlimi quruq subtropik. Yozi jazirama issiq va uzoq, qishi iliq va qisqa. Yilllik o'rtacha t?mp?raturasi 16-180 S. Iyul oyining o'rtacha t?mp?raturasi 28-32, yanvarniki 2,8-3,6. O'zb?kistonda eng issiq t?mp?ratura ham shu viloyat hududida kuzatilgan. (1914 yil 21 iyunda T?rmizda 49,50 S issiq bo'lgan).

Aholisi 2 million 52 ming nafar bo'lib, R?spublika aholisining 7,3 foyizini tashkil etadi. Aholining 80,9 foizi yoki 1647,3 ming nafari qishloqlarda, 19,1 foizi 389,8 ming nafari shaharlarlar yashaydi. Bular 102 millat va elatlarga mansub kishilardir. Ularning 1699,3 ming nafar (82,9 foizi)ni o'zb?klar, 258,4 ming nafari (12,5 foizi)ni tojiklar, 26,6 ming nafari (1,3 foizi)ni turkmanlar, 24,0 ming nafari(1,2 foizi)ni ruslar, 7,9 ming nafari (0,4 foizi)ni tatarlar, 2,3 ming nafari (0,1 foizi)ni qozoqlar, 0,7 ming nafari (0,03 foizi)ni kor?yslar, 32,8 ming nafari (1,6 foizi)ni boshqa millatlar tashkil qiladi.

    Transporti.Viloyatda t?mir yo'l transportining salmog'i katta.Surxondaryoda dastlabki t?mir yo'l 1915 yilda (Kogon-T?rmiz) qurilgan.Bu viloyatni boshqa r?gionlar bilan bog'laydigan dastlabki muhim yo'l bo'ldi.1925 yilda 248 km.li T?rmiz-Dushanb? t?mir yo'lini qurishga kirishildi. Viloyatning ichki transport aloqalarida avtomobil yo'lining ahamiyati juda muhim. Surxondaryo viloyatidagi qattiq qoplamali avtomobil yo'llarining uzunligi 2,7 ming km. Viloyatning asosiy avtomobil yo'li- Katta O'zb?kiston trakti.

    Shuningd?k, R?spublikamizning janubiy viloyatlari Qashqadaryo va Surxondaryoning ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotini t?zlashtirish, t?mir yo'lda yuk tashishning transport ta'minotini yaxshilash, mamlakat t?mir yo'li tarmog'ini jonlantirish maqsadida «Toshg'uzor-Boysun-Qumqo'rg'on» yangi t?mir yo'li ishga tushirildi. Bu t?mir yo'l Boysun tumani orqali iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan kam rivojlangan tuman qishloqlariga sanoatni kirib k?lishiga, y?r usti va y?r osti boyliklaridan k?ng foydalanishga, musaffo tog' havosida qator davolash maskanlari, turistik bazalar, dam olish uylari qurishga katta imkoniyat yaratadi. Eng muhimi yangi zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy ob'?ktlar qurilishi, yangi ish o'rinlarining yaratilishi, tadbirkorlikning rivojlanishi uchun k?ng yo'l ochildi.

    Qisqacha tarixi: Qulay iqlim sharoit va mutlaqo unumdor y?rlar uning bu viloyatda qadimgi odamlar tomonidan juda erta o'zlashtirishi, sun'iy sug'orishga asoslangan d?hqonchilikning int?nsiv ravishda rivojlanishi, shahar va qishloqlarning yuzaga k?lishi va yuksalishi uchun k?ng imkoniyatlar yaratadi.

    Viloyatdagi qadimgi odamlarning dastlabki manzilgohlari turli yovvoyi xayvonlar va yovvoyi o'simliklar bilan qoplangan tog' o'rmonlarida, Boysun tog'laridan oqib tushuvchi daryo etaklarining bo'ylaridan paydo bo'ldi. Ularning ichida eng qadimgilari sifatida o'rta va yuqori pal?olit davriga mansub (100-12 ming yil av.) T?shiktosh va Machay g'orlari hisoblanadi. T?shiktosh g'oridan n?and?rtal bolaning suyaklari topilgan bo'lib, ushbu kashfiyot O'rta Osiyo hududi xozirgi odamlarning shakllanish mintaqalaridan biri bo'lgan d?gan ilmiy xulosaga olib k?ldi. Ko'hitang tog'larida aniqlangan Zarautsoy qoyatosh rasmlari esa m?zolit yoki n?olit (12-5 ming yil av.) davriga borib taqaladi. Zarautsoydagi uncha katta bo'lmagan g'or shiftlari va d?vorlarida 200 dan ortiq rasmlar aniqlangan bo'lib, ular oxra bo'yog'i yordamida g'or d?vorlarida katta mahorat bilan tasvirlangan. Rasmlarning asosiy qismi yovvoyi xo'kizlarni s?hr-jodu yo'li bilan ovlash manzarasini aks ettiradi.Milodga qadar II-ming yillikning I-yarmida O'zb?kiston janubida Shimoliy Afg'onistondan o'troqlashgan qabilalar d?hqonchilik an'analarini o'zida ifoda etgan Sharq madaniyatini olib kiradi. Ular Ko'hitang va Boysun tog' oldi hududlarini o'zlashtirib, Sopollit?pa, Jarqo'ton, Molalit?pa singari muhim aholi manzilgohlariga asos soladilar.Ushbu davrga xos xususiyat sifatida oddiy xom g'isht qo'llanilgan va monum?ntal arxit?ktura(ibodatxona, saroy) murakkab inshoatlar va ist?hkomlarni qurish, primitiv usuldagi sun'iy sug'orish, uy hayvonlarini saqlash, hunarmandchilikning rivojlanishi (m?tall va sopol buyumlaridan foydalanish) hamda san'atning paydo bo'lishi singari taraqqiyot bosqichlarini ko'rsatish mumkin.

    O'rta Osiyoda milodga qadar I-ming yillikning birinchi yarmi ilk t?mir asri va davlat shaklidagi yirik birlashmalarning yuzaga k?lishi bilan xarakt?rlanadi. Ushbu jarayon Shimoliy Baqtriya xududida joylashgan Surxondaryo viloyatiga ham to'la taalluqlidir. Milodga qadar 539-330 yillarda O'rta Osiyo, shu jumladan Baqtriya (Bunga Surxondaryo hududi ham kirgan.) satraplik huquqi bilan Ahmoniylar imp?riyasi tarkibiga kirgan. K?yinchalik u (Mil.av. 329-327y.)Mak?doniyalik Iskandar tomonidan bosib olinadi.Milodga qadar 306-yilda uning tuzgan davlati parchalanib k?tgach, Al?ksandr S?l?vka davlati tarkibiga kiradi.

     Milodga qadar III-asr o'rtalarida baqtriyadagi Salavkiylar satrapi Diadot fanda Yunon-Baqtriya d?b nom olgan mustaqil davlat tuzadi va o'zini podsho d?b e'lon qiladi. Uning davlati milodga qadar II asrning o'rtalariga qadar yashab turdi. Ushbu davrda O'rta Osiyoning moddiy va ma'naviy hayotiga s?zilarli ta'sir ko'rsatgan ellinizm siyosati k?ng yoyiladi.

   Milodga qadar II-asr o'rtalarida saklar zarbasi ostida Yunon-Baqtriya podsholigi qulaydi, k?yinchalik esa yu?chji-toxarlar bosqini tufayli butunlay parchalanib k?tadi.Yu?chji-toxarlarning Kushonlar qabilasidan bo'lmish Kudjula Kadfiz milodiy I asrning birinchi yarmida buyuk Kushonlar imp?riyasini tuzadi. 

    Shimoliy Baqtriya (Surxondaryo) ham kushonlar imp?riyasi tarkibiga kiritilib, shimoliy-g'arbiy ch?garasidan kirib k?ladigan tog' yo'lida ko'chmanchilar hujumidan saqlanish uchun T?mir darvoza va qudratli mudofaa ist?hkomlari quriladi (T?mir darvoza hozirgi Boysun tumanida joylashgan) Kushon podsholigi xukmronligi davrida Surxondaryo tarixi hayotining barcha sohalarida taraqqiyotning yuksalganligi bilan xarakt?rlanadi. Jumladan, Sharq va g'arb xalqlari o'rtasida ma'naviy va madaniy qadriyatlarning o'zaro almashinuvida muhim rol o'ynagan. Buyuk Ipak yo'lining ikki asosiy yo'nalishi kushonlar davlati hududidan o'tgan.

    Surxondaryo viloyati hududidagi Kushonlar davriga oid arx?ologik yodgorliklar nihoyatda ko'p va xilma-xildir. Dalvarzint?pa va Xolchayonda o'tkazilgan qazilmalar kushonlar shahri yuksak madaniyat o'choqlari bo'lganligini ko'rsatadi. Bu davrda xunarmandchilik va qishloq ho'jaligining int?nsiv ravishda rivojlanishi, tovar-pul munosabatlarining o'sishi arxit?ktura, monum?ntal haykaltaroshlik va rassomchilik, koroplastika va gliptika san'atining yuksalishi kuzatiladi. Kushon shaharlari shuningd?k, yirik targ'ibot markazlari ham bo'lgan. Ayritom, Dalvarzint?pa va Ko'hna T?rmizdan topilgan Budda ibodatxonalari va stupalar, Baqtriya-Toxariston madaniyati ellinistik va xindbuddaviylik madaniyatining kuchli ta'siri ostida mahalliy baqtriyaga xos tarzda shakllanadi.

    Surxondaryo viloyatining xozirgi hududi milodiy III-IV asrlarda Kushonlar davlati parchalanib k?tgach, dastlab xioniylar, so'ngra esa eftaliylar davlati tarkibiga kiradi.

   Ilk o'rta asrlarda (mil. V-VIII asr) viloyat hududi ko'pgina mulkliklardan iborat yirik tarixiy-madaniy mintaqa hisoblangan Tohariston tarkibida bo'lgan. Ulardan ikkitasi:                          T?rmizshohlar va chag'oniyonlik xidavatlar turk yobg'ularining hukmronligiga bo'ysunganlar.667-yilda arablar Chag'oniyon va T?rmizga birinchi marotaba hujum uyushtirib,

 VIII asrning ikkinchi yarmidagina to'liq bosib olishga erishdilar. Shu vaqtdan e'tiboran Toxariston Abbosiylar xalifaligi hukmronligi ostiga o'tadi.

XI asr boshlarida Somoniylar davlati parchalanib k?tgach, Chag'oniyon va T?rmizning k?lib chiqishi turklardan bo'lgan G'aznaviylar va qoraxoniylar o'rtasidagi kurash maydoniga aylandi. 1008-yildagi Balx yonidagi jangdan so'ng, Maxmud G'aznaviy qoraxoniylar qo'shinlarini tor-mor etadi va T?rmiz G'aznaviylar davlatiga qo'shib olinadi. Chag'oniyon esa qoraxoniylar hukmronligi ostida qoladi.

       XI asrning o'rtalariga k?lib bu ikki xudud Saljuqiylar davlati ta'siriga tushadi va XII asrning ikkinchi yarmiga qadar ularning istilosi ostida bo'ladi. XII asrning ikkinchi yarmidan esa Chag'oniyon va T?rmiz vaqti-vaqti bilan qorluqlar,qoraxoniylar va g'uriylar qo'liga o'tib turadi. 1206 yilda Chag'oniyon va T?rmiz Xorazmshohlar davlatiga qo'shib olinadi.

     1220 yilda T?rmiz Chingizxon boshchiligidagi mo'g'il qo'shinlari tomonidan bosib olinadi. Vayron etib tashlangan T?rmiz shahrining qaytadan tiklanishi XIV-asrning boshlariga to'g'ri k?lib, xozirgi T?rmizning shimoliy tomonidagi Surxondaryoning quyi oqimida sodir bo'ladi. XIV asrning ellikinchi yillari oxirida mo'g'ullar davlatining Chig'atoy ulusi inqirozga yuz tutgach, T?rmizdagi xokimiyat maxalliy ruhoniy f?odallar-sayyidlar qo'liga o'tadi.So'ngra O'zb?kiston janubidagi ?rlar Amir T?mur davlati tarkibiga kiradi.Uning vafotidan so'ng T?rmizni Amir T?mur nabirasi Xalil Sulton, 1409 yildan esa o'g'li Shohrux boshqaradi.XV asrning ikkinchi yarmiga k?lib, markazi Hisorda bo'lgan T?muriylarning Hisor viloyati ta'siri kuchayadi. 1504-1505 yillarda Chag'oniyon va T?rmiz Shayboniyxon boshchiligidagi ko'chmanchi o'zb?klar tomonidan bosib olinadi.

     Safaviylar bilan bo'lgan jangda Shayboniyxon vafotidan so'ng T?rmiz qisqa vaqt T?muriy Bobur tomonidan egallanadi. 1512 yilda Bobur qo'shinlarining xaydab chiqarilishi tufayli T?rmiz va Chag'oniyon yana Shayboniylar ixtiyoriga, 1598 yildan 1747 yilgacha esa O'rta Osiyoda mustahkam o'rnashib olgan yangi o'zb?k sulolasi-joniylar qo'liga o'tadi. Ushbu davrda Chag'oniyon o'zb?k b?klari tomonidan boshqarilgan Hisor viloyati tarkibiga kirsada, amalda

markaziy xokimiyatdan mustaqil siyosat yuritib k?lgan.

XIX-XX asr boshlarida Surxondaryo viloyati Buxoro amirligining tarkibiy qismi edi. Uning xududida esa bir n?cha b?kliklar mavjud edi.1894 yilda Amudaryo bo'ylab, shu jumladan xozirgi T?rmiz xududida ruslarning ch?gara bojxona nazorati o'rnatiladi.T?rmiz shahrining muhim strat?gik joylashuvini hisobga olgan rus harbiylari tomonidan shaharda doimiy garnizonga ega bo'lgan qal'a quriladi. T?rmizga Rossiyadan asta-s?kin harbiy qo'shinlar va ko'chmanchilar k?la boshladi. 1898 yilda esa Buxoro amiri maxsus hujjat bilan qal'a atrofidagi ?rlarni qurilish inshoatlari va turar-joy binolari uchun rus xarbiylari ixtiyoriga topshiradi va bu ?rda ko'p o'tmasdan shahar ahamiyatiga ega bo'lgan aholi manzilgohi paydo bo'ladi. Sho'rolar xukumati o'rnatilgach va 1924 yildagi milliy ch?garalanishdan so'ng, viloyat O'zb?kiston tarkibiga kiradi. 1925 yilda esa Surxondaryo okrugi tuziladi.1941 yil 6 martda esa ma'muriy markazi T?rmiz bo'lgan Surxondaryo viloyati tashkil topadi.1991 yil 1 s?ntyabrda mustaqillik e'lon qilingach, Surxondaryo viloyati O'zb?kiston R?spublikasining ajralmas va tarkibiy qismidir.

    Hozirgi kunda Surxondaryo viloyati yuksak darajada rivojlangan qishloq xo'jaligi va industiriyaga ega, paxtachilik, chorvachilik, bog'dorchilik va uzumchilik taraqqiy etgan yirik madaniy markaz bo'lib hisoblanadi.

    Viloyatda ijtimoiy sohaga ham alohida e'tibor b?rilmoqda bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 848 ta umumta'lim maktablari 387 ta maktabgacha ta'lim muassalari, 109 ta o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalari (5 ta akad?mik lits?y, 104 ta kasb hunar koll?jlari), 1 ta oliy o'quv yurti faoliyat ko'rsatmoqda. Bundan tashqari sog'liqni saqlash sohasida 389 ta tibbiyot muassasalari 241 ta qishloq vrachlik punkti, 1 ta shahar vrachlik punkti, 72 ta davolash profilaktika muassasalari aholiga tibbiy xizmat ko'rsatmoqda. Viloyatda 111 ta klub muassasasi, 2 ta muz?y, 2 ta t?atr, 16 ta bolalar musiqa va san'at maktablari, 2 ta kinot?atr va kino qurilmalar, 3 ta viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi tasarrufidagi hamda 15 ta shahar va tumanlar hokimliklari tasarrufidagi istirohat bog'lari aholiga xizmat ko'rsatib k?lmoqda. Shuningd?k 1 ta T?rmiz hayvonot bog'i mavjud. Jami viloyatda 3994 ta jumladan, 523 ta sport zallari, 6 ta suzish havzalari, 59 ta t?nnis kortlar va 242 ta boshqa sport inshoatlari mavjud bo'lib, aholining jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Sayt bo'ylab qidiruv
Imkoniyati cheklanganlar uchun

Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Dam olish kuni: Shanba va Yakshanba

Yangiliklarga obuna bo'lish
e-mail:

F.I.SH.:

Obuna: O'chirish:

Saytdagi odamlar


1 TA FOYDALANUVCHI HOZIR SAYTDA