Yagona interaktiv portal

Jami murojaatlar: 19, 100%

Ko'rib chiqilmoqda: 1, 5%

Javob berilgan: 17, 89%

Rad etilgan: 3, 16%

My.gov.uz orqali murojaat
Virtual qabulxona

Jami murojaatlar: 9. 100%

Ko'rib chiqilmoqda: 8.89%

Javob berilgan: 1.11%

Rad etilgan: 1.11% Murojaat qilish Murojaatlar Tuman hokimi qabuliga yozilish

Ishonch telefoni
0 (376) 224-02-89

20 Mar 2019

Jami murojaatlar: 69, 100%

Javob berilgan: 65, 94%

Rad etilgan: 0, 0%

<

Tadbirkorlik - farovon turmush omili

2015-06-20 | Iqtisodiyot | admin | 482

     O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirish, huquq va manfaatlarini ta’minlash, salomatligini mustahkamlash, maqsad va intilishlarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

     Davlatimiz rahbarining 2004-yil 25-maydagi “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bunda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir.

    Surxondaryo viloyatida 16 mingga yaqin ishbilarmon ayol kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida faoliyat yuritmoqda. Yuzdan ortiq xotin-qiz fermer xo‘jaligi rahbari sifatida yurtimiz farovonligi, hayotimiz ma’murchiligiga munosib hissa qo‘shayotir. Joriy yilning o‘tgan davrida tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan 40 milliard so‘mdan ziyod kredit mablag‘i ajratildi. Tadbirkor ayollarning huquqiy-iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, imtiyozli mikrokredit mablag‘lari olishiga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

    – Seminarda soliq va moliya muassasalarining tajribali mutaxassislari tomonidan mustaqil ish yuritish, bozorni o‘rganish, biznes- reja tuzish kabi masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi, – deydi “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Marhabo Yodgorova. – O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Mashg‘ulotlarda xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan ayollar, kollejni bitirgan qizlar guruhlarga bo‘linib, o‘z qobiliyat va ko‘nikmasi taqdimotini o‘tkazdi.

     – Ko‘pdan buyon tadbirkorlik qobiliyatimni sinab ko‘rishni niyat qilar edim, – deydi Termiz tumanidagi Qahramon mahallasida istiqomat qiluvchi Gulnora Muqimova. – Seminar-trening mashg‘ulotlari bu qiziqishimni yanada oshirib, tadbirkorlikni boshlashga bo‘lgan ishonchimni mustahkamladi.

    Tadbir doirasida tadbirkor ayollar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

UzA. X.Mamatrayimov

Sayt bo'ylab qidiruv
Imkoniyati cheklanganlar uchun

Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Dam olish kuni: Shanba va Yakshanba

Yangiliklarga obuna bo'lish
e-mail:

F.I.SH.:

Obuna: O'chirish:

Saytdagi odamlar


1 TA FOYDALANUVCHI HOZIR SAYTDA