Yagona interaktiv portal

Jami murojaatlar: 19, 100%

Ko'rib chiqilmoqda: 1, 5%

Javob berilgan: 17, 89%

Rad etilgan: 3, 16%

My.gov.uz orqali murojaat
Virtual qabulxona

Jami murojaatlar: 9. 100%

Ko'rib chiqilmoqda: 8.89%

Javob berilgan: 1.11%

Rad etilgan: 1.11% Murojaat qilish Murojaatlar Tuman hokimi qabuliga yozilish

Ishonch telefoni
0 (376) 224-02-89

22 Jan 2019

Jami murojaatlar: 69, 100%

Javob berilgan: 65, 94%

Rad etilgan: 0, 0%

<

Tadbirkorlik rivoji yo'lida

2015-07-25 | Iqtisodiyot | admin | 606

Termizda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi, Davlat soliq qo‘mitasi va bir qator tijorat banklari hamkorligida o‘tkazilayotgan “Mulkdor oila” loyihasining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yurtimiz obodligi va oilalarimiz farovonligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonuni bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilayotir.

An’anaviy o‘tkazib kelinayotgan mazkur loyiha tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan kollej bitiruvchilari, xotin-qizlar va oilaviy tadbirkorlarning o‘z biznesini boshlashiga yaqindan ko‘maklashmoqda. Loyiha doirasida moliya institutlari tomonidan eng yaxshi biznes rejalarga imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilayotgani chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va bog‘dorchilikni rivojlantirish, aholini arzon va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda. O‘tgan yili viloyatda mazkur loyiha asosida tashkil etilgan yigirmaga yaqin biznes rejaga uch yuz million so‘mdan ortiq imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, qariyb o‘ttizdan ziyod yangi ish o‘rni yaratilgani fikrimiz dalilidir.

Tadbirda turli yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘ttizdan ortiq oilaviy tadbirkorlar, kollej bitiruvchilari va hunarmandlar o‘z biznes loyihalari bilan ishtirok etdi. Angorlik Sitora Usmonova ulardan biri. Joriy yilda Angor pedagogika kollejini bitirgan Sitora ko‘plab tengdoshlari qatori tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni maqsad qildi.

– Tikuvchilikni yo‘lga qo‘yish maqsadida zamonaviy tikuv mashinalari xarid qildim, – deydi u. – O‘z biznesimni boshlash uchun xomashyo sotib olishga 5 million 900 ming so‘m mablag‘ zarur bo‘ldi. Shu maqsadda tayyorlagan biznes rejam loyiha tashkilotchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, imtiyozli kredit olish huquqini qo‘lga kiritganimdan mamnunman.

Loyiha g‘oliblariga imtiyozli kredit mablag‘i ajratish bo‘yicha sertifikatlar topshirildi. Tadbir doirasida imtiyozli kredit mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha interfaol mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA

Sayt bo'ylab qidiruv
Imkoniyati cheklanganlar uchun

Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Dam olish kuni: Shanba va Yakshanba

Yangiliklarga obuna bo'lish
e-mail:

F.I.SH.:

Obuna: O'chirish:

Saytdagi odamlar


1 TA FOYDALANUVCHI HOZIR SAYTDA