Yagona interaktiv portal

Jami murojaatlar: 19, 100%

Ko'rib chiqilmoqda: 1, 5%

Javob berilgan: 17, 89%

Rad etilgan: 3, 16%

My.gov.uz orqali murojaat
Virtual qabulxona

Jami murojaatlar: 9. 100%

Ko'rib chiqilmoqda: 8.89%

Javob berilgan: 1.11%

Rad etilgan: 1.11% Murojaat qilish Murojaatlar Tuman hokimi qabuliga yozilish

Ishonch telefoni
0 (376) 224-02-89

20 Mar 2019

Jami murojaatlar: 69, 100%

Javob berilgan: 65, 94%

Rad etilgan: 0, 0%

<

O'zbekistonda 100 ming so'mlik kupyura chiqarilishi mumkin

2018-04-16 | Iqtisodiyot | Admin | 154

Yanvar oyi boshida Markaziy Bank 2018 yilgi vazifalar qatorida mayda kupyuralarni bosqichma-bosqich tangalarga almashtirish va yirikroq nominaldagi banknotalar chiqarishni sanab o'tgan edi.

Mart oyi o'rtalarida Senat 50, 100, 500 so'm nominaldagi yangi namunadagi tangalar, shuningdek, 200 so'mlik yangi tangani chiqarish taklifini ma`qulladi. Biroq banknota haqida so'z yuritilmagan.

Shu munosabat bilan Spot nashri Markaziy bankka murojaat qildi va Markaziy bank raisining birinchi o'rinbosari Timur Ishmetovdan javob oldi.

Javobda 2018 yil davomida yirikroq nominaldagi banknotani muomalaga chiqarish rejalashtirilayotganligi ma`lum qilingan.

Unda, shuningdek, o'rnatilgan tartibga ko'ra, banknotalar namunalari va ularning dizaynlari Oliy Majlis Senati Kengashi bilan muvofiqlikda Markaziy bank tomonidan tasdiqlanishi, yangi kupyurani chiqarish bir qator tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirishni talab qilishi ta`kidlanadi.

Markaziy bank ayni paytda yangi kupyuralar chiqarilishi aniq sanasini ma`lum qila olmasligi ta`kidlanadi. Muddatlar aniqlanganda, mazkur ma`lumot Markaziy bank rasmiy saytiga joylashtiriladi.

Sayt bo'ylab qidiruv
Imkoniyati cheklanganlar uchun

Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Dam olish kuni: Shanba va Yakshanba

Yangiliklarga obuna bo'lish
e-mail:

F.I.SH.:

Obuna: O'chirish:

Saytdagi odamlar


1 TA FOYDALANUVCHI HOZIR SAYTDA