Yagona interaktiv portal

Jami murojaatlar: 19, 100%

Ko'rib chiqilmoqda: 1, 5%

Javob berilgan: 17, 89%

Rad etilgan: 3, 16%

My.gov.uz orqali murojaat
Virtual qabulxona

Jami murojaatlar: 9. 100%

Ko'rib chiqilmoqda: 8.89%

Javob berilgan: 1.11%

Rad etilgan: 1.11% Murojaat qilish Murojaatlar Tuman hokimi qabuliga yozilish

Ishonch telefoni
0 (376) 224-02-89

22 Jan 2019

Jami murojaatlar: 69, 100%

Javob berilgan: 65, 94%

Rad etilgan: 0, 0%

<

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga mikrokreditlar berish bo‘yicha onlayn xizmat ishga tushiriladi

2018-04-19 | Iqtisodiyot | Admin | 145

Yaqin vaqt ichida xizmat Beepul ilovasida paydo bo‘ladi, shuningdek Beeline’ning mazkur MyCredit mahsuloti Payme tizimida ham amal qiladi.

Internet tarmog‘ida jismoniy shaxslar uchun mikrokreditlarning birinchi bo‘lib “Aloqabank”ning to‘lov kartasiga ega bo‘lgan Beeline abonentlari sinovdan o‘tkazishlari mumkin. Sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng, kompaniya istalgan mahalliy bank tizimiga va boshqa to‘lov xizmatlariga innovatsion mahsulotni joriy etishga tayyor.

Yuzaga keladigan savollar va shikoyatlarga zudlik bilan javob berish uchun xizmat haftaning ish kunlari soat 10:00 dan 17:00 gacha ishlaydi. Yaqin kelajakda, MyCredit bilan 24 soat mobaynida 5 kundan 30 kungacha qo‘shimcha hujjatlarni to‘plamasdan va bankka tashrif buyurmasdan mikrokredit olish imkoni paydo bo‘ladi. Boshlang‘ich bosqichda mikrokreditlar miqdori 200 000 so‘mdan 1 700 000 so‘mgacha (taxminan eng kam ish haqining 10 barobari) bo‘lishi mumkin.

Mikrokredit olishdan avval nimalarni bilish zarur:

  • UzCard to‘lov kartangiz sizga tegishli bo‘lishi kerak.
  • Karta Beeline mobil telefoniga ulanishi kerak.
  • Kartaning egasi va uyali telefon egasi ma’lumoti tizim sizni tanishi uchun mos kelishi kerak.
  • Mikrokreditni Beepul, Payme, bank info-kiosklari yordamida, shuningdek, bank filialida naqd pulda to‘lashingiz mumkin.

MyCredit tizimi sizni mustaqil ravishda aniqlaydi, ma’lumotlarni qayta ishlaydi va onlayn natijalarni ko‘rsatadi. Mikrokredit olish uchun kartangiz har oyda to‘ldirilishi va faol bo‘lishi kerak. Agar ilovaning barcha bo‘limlarini to‘g‘ri to‘ldirgan bo‘lsangiz va ma’lumotlaringiz muvaffaqiyatli qayta ko‘rib chiqilsa (Ommaviy oferta doirasida) mablag‘lar sizning hisobingizga kiritiladi va plastik kartangiz balansida aks ettiriladi.

Beeline’da innovatsion mahsulotning ishga tushirilishi haqida shunday sharh berildi:

Skoring tizimi deb atalmish ma’lum mezonlarga asosan shaxsning to‘lov qobiliyatini baholash umuman mobil banking uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Biz onlayn-yechimlar tarafdorimiz, chunki biz plastik kartochkalar foydalanuvchilari orasida innovatsion mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojni ko‘rib turibmiz. Ularning soni yil sayin ko‘payib borayotganini ta’kidlash joiz, mobil to‘lov tizimlari qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Bizning maqsadimiz abonentlarga o‘z uylarini tark etmagan holda mikrokredit olish imkonini berishdir. Shu kabi mahsulotlar turli mamlakatlarda muvaffaqiyatli ishga tushirilgan va chet elda bank sohasida juda mashhur. Bozorni o‘rganib chiqqanimizdan so‘ng, biz bank sohasida mavjud ekotizimda yangi yondashuv va yangi yechimlar talab qilinadi degan xulosaga keldik. Biz, hamkorlarimiz AK “Aloqabank” va “PayCom” biz bilan birgalikda ushbu yo‘lda birinchi bo‘lishga qaror qilishganidan juda mamnunmiz. Mahsulotning ishga tushirilishi boshqa maydonchalarda ham, birinchi navbatda bizning Beepul ilovamizda ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Biz hamkorlikka mutlaqo ochiqmiz va yaqin kelajakda Beeline abonentlari uchun xizmat ko‘rsatigan boshqa banklar ham tizimga ulanishini umid qilamiz.

Maksim Yefremov, Unitel’ning tijorat direktori

Sayt bo'ylab qidiruv
Imkoniyati cheklanganlar uchun

Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Dam olish kuni: Shanba va Yakshanba

Yangiliklarga obuna bo'lish
e-mail:

F.I.SH.:

Obuna: O'chirish:

Saytdagi odamlar


1 TA FOYDALANUVCHI HOZIR SAYTDA