Yagona interaktiv portal

Jami murojaatlar: 19, 100%

Ko'rib chiqilmoqda: 1, 5%

Javob berilgan: 17, 89%

Rad etilgan: 3, 16%

My.gov.uz orqali murojaat
Virtual qabulxona

Jami murojaatlar: 9. 100%

Ko'rib chiqilmoqda: 8.89%

Javob berilgan: 1.11%

Rad etilgan: 1.11% Murojaat qilish Murojaatlar Tuman hokimi qabuliga yozilish

Ishonch telefoni
0 (376) 224-02-89

22 Jan 2019

Jami murojaatlar: 69, 100%

Javob berilgan: 65, 94%

Rad etilgan: 0, 0%

<

Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ish boshladi

2018-04-19 | Iqtisodiyot | Admin | 157

2018-yil 19-aprel kuni ushbu majmuaning ochilish marosimi bo‘ldi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

 

Prezident Harakatlar strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar sanoatning yetakchi yo‘nalishlarini izchil rivojlantirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Yoqilg‘i-energetika tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar faol jalb etilayotgani, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi O‘zbekiston bilan Rossiya hamkorligining yorqin namunasi ekanini qayd etdi. Muhandis va quruvchilarga minnatdorlik bildirib, korxona jamoasiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tabrigini energetika vaziri Aleksandr Novak o‘qib eshittirdi.

“Lukoyl” kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi muhandisi Shahzod Qurbonov, neft-gaz sohasi faxriysi Komil Fozilov so‘zga chiqdi.

Majmua faoliyatiga start beruvchi ramziy tugma bosildi.

Ushbu sanoat kompleksida yiliga 8,1 milliard kub metr gaz qayta ishlanadi. Bu orqali tozalangan tabiiy gaz, gaz kondensati, oltingugurt kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ikki mingdan ziyod kishi ish bilan ta’minlanadi.

Umumiy qiymati 3 milliard dollardan ziyod bo‘lgan mazkur yirik loyiha “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi hamkorligida ro‘yobga chiqdi. 114 ta quduq kovlanib, gazni yig‘ish va qayta ishlash tizimlari qurildi. Bu jarayonda murakkab texnik yechimlar, ilg‘or texnologiyalar qo‘llanildi. Yo‘llar, terminallar, magistral gaz quvuri, elektr, suv tarmoqlari va boshqa infratuzilma obyektlari barpo qilindi.

Sayt bo'ylab qidiruv
Imkoniyati cheklanganlar uchun

Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Dam olish kuni: Shanba va Yakshanba

Yangiliklarga obuna bo'lish
e-mail:

F.I.SH.:

Obuna: O'chirish:

Saytdagi odamlar


1 TA FOYDALANUVCHI HOZIR SAYTDA