Yagona interaktiv portal

Jami murojaatlar: 19, 100%

Ko'rib chiqilmoqda: 1, 5%

Javob berilgan: 17, 89%

Rad etilgan: 3, 16%

My.gov.uz orqali murojaat
Virtual qabulxona

Jami murojaatlar: 9. 100%

Ko'rib chiqilmoqda: 8.89%

Javob berilgan: 1.11%

Rad etilgan: 1.11% Murojaat qilish Murojaatlar Tuman hokimi qabuliga yozilish

Ishonch telefoni
0 (376) 224-02-89

22 Jan 2019

Jami murojaatlar: 69, 100%

Javob berilgan: 65, 94%

Rad etilgan: 0, 0%

<

Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston turkiyalik investorlarni qanday jalb etishi mumkinligini aytdi

2018-05-01 | Iqtisodiyot | Admin | 150

«Bugun O'zbekistonda xorijiy sarmoyadorlar uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Bizning mamlakatimiz xorijiy biznes, ayniqsa turkiyalik do'st va hamkorlarimizda qaysi tomondan qiziqish uyg'otishi mumkin, degan savol hammani qiynaydi.

Birinchidan, O'zbekiston boy tabiiy va mineral xom-ashyo resurslariga ega bo'lgan davlatdir. Endi O'zbekistonning xom-ashyo resurslaridan birgalikda, hamkor bo'lib foydalanishimiz vaqti keldi. 

Ikkinchidan, biz Turkiya va boshqa qator davlatlar fuqarolari hamda tadbirkorlari uchun kirish vizalarini bekor qilish to'g'risida tarixiy qaror qabul qildik. Bu qaror turkiyalik hamkorlar bilan investitsiya, savdo-sotiq hamda turizm sohalaridagi aloqalarimizni yanada faollashtirishiga ishonaman.

Uchinchidan, O'zbekiston hukumati tomonidan sizlarning sarmoyalaringizni rag'batlantirish va to'liq himoya qilish maqsadida zarur me`yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Biznes rivojiga g'ov bo'lib turgan ko'plab to'siqlar olib tashlandi. Turkiyalik ishbilarmonlarning mamlakatimizda samarali faoliyat yuritishi uchun oramizda bo'lgan ba`zi bir tushunmovchilik va ishonchsizlik kayfiyatiga barham berish maqsadida birodarim Erdo'g'an janobi oliylari bilan bir yarim yil davomida ko'p ish qildik va bu jarayonlarni yana davom ettiramiz.

To'rtinchidan, O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bo'yicha eng qulay sharoit yaratish uchun qat`iy va ishchil qadamlar qo'yilmoqda. Jumladan, xorijiy investorlar daromadlarini qaytarib olib chiqish uchun barcha to'siqlar bartaraf qilindi», - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Sayt bo'ylab qidiruv
Imkoniyati cheklanganlar uchun

Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Dam olish kuni: Shanba va Yakshanba

Yangiliklarga obuna bo'lish
e-mail:

F.I.SH.:

Obuna: O'chirish:

Saytdagi odamlar


1 TA FOYDALANUVCHI HOZIR SAYTDA