Yagona interaktiv portal

Jami murojaatlar: 19, 100%

Ko'rib chiqilmoqda: 1, 5%

Javob berilgan: 17, 89%

Rad etilgan: 3, 16%

My.gov.uz orqali murojaat
Virtual qabulxona

Jami murojaatlar: 9. 100%

Ko'rib chiqilmoqda: 8.89%

Javob berilgan: 1.11%

Rad etilgan: 1.11% Murojaat qilish Murojaatlar Tuman hokimi qabuliga yozilish

Ishonch telefoni
0 (376) 224-02-89

22 Jan 2019

Jami murojaatlar: 69, 100%

Javob berilgan: 65, 94%

Rad etilgan: 0, 0%

<

Hokim va yoshlar

2016-10-15 | Jamiyat | admin | 590

Joriy yilning 14-oktyabr kuni tumandagi Qishloq xo‘jaligi va transport kasb-hunar kollejida bir qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashish va ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash, ularni o‘z iqtidor va qobiliyatlarini namoyish etishlariga ko‘maklashish maqsadida “Xokim va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda tuman xokimi Sh.Umidov, tuman xokimligi bosh mutaxassisi A.Normamatov, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman Kengashi raisi D.Allanazarov, tuman xokimligi xuzuridagi “YAgona darcha markazi” boshlig‘i I.Mannonov, Bandlikka ko‘maklashish va axolini ijtimoiy muxofaza qilish markazi boshlig‘i I.Xolov, tumandagi Agrobank, Mikrokreditbank, Xalq bankining kredit bo‘limi boshliqlari, tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Akromov, kasb hunar kollejlarning kasbiy ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ma’sul o‘qituvchilar, kasb hunar kollejlarning 3-bosqich o‘quvchilari, faol yoshlar ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida yoshlar tadbirkorlik faoliyatini boshlash, biznes reja tuzish, kredit olish, soliq turlari, yoshlarga beriladigan imtiyozlar hamda “Talaba krediti” to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va tegishli tashkilot vakillari tomonidan to‘liq javob oldilar. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning xotirasini abadiylashtirish, tuman markazida badiiy hamda ilmiy, jaxon adabiyotlaridan iborat markaziy kutubxona qurish, qizlar uchun oilaviy xayotga tayyorlash bo‘yicha bir necha yo‘nalishlarni, o‘z ichiga olgan maxsus o‘quv markazi, qizlar uchun suzish xavzasi qurish, oliy o‘quv yurtiga yoshlarni tayyorlash uchun repititorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘zlarini takliflarini bildirdilar. Yoshlar tomonidan berilgan savollarga tuman xokimi va tegishli tashkilot vakillari tomonidan javob berildi va bildirilgan takliflar bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tildi.
Sayt bo'ylab qidiruv
Imkoniyati cheklanganlar uchun

Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Dam olish kuni: Shanba va Yakshanba

Yangiliklarga obuna bo'lish
e-mail:

F.I.SH.:

Obuna: O'chirish:

Saytdagi odamlar


1 TA FOYDALANUVCHI HOZIR SAYTDA