Yagona interaktiv portal

Jami murojaatlar: 19, 100%

Ko'rib chiqilmoqda: 1, 5%

Javob berilgan: 17, 89%

Rad etilgan: 3, 16%

My.gov.uz orqali murojaat
Virtual qabulxona

Jami murojaatlar: 9. 100%

Ko'rib chiqilmoqda: 8.89%

Javob berilgan: 1.11%

Rad etilgan: 1.11% Murojaat qilish Murojaatlar Tuman hokimi qabuliga yozilish

Ishonch telefoni
0 (376) 224-02-89

20 Mar 2019

Jami murojaatlar: 69, 100%

Javob berilgan: 65, 94%

Rad etilgan: 0, 0%

<

O‘zbekistonda yangi maktab formasini sinovdan o‘tkazish boshlandi

2018-04-16 | Jamiyat | Admin | 176

Yangi ko‘rinishdagi maktab formalari tajriba sifatida Toshkent shahridagi 91 maktab va Sirdaryo viloyatidagi 4 maktablarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Maktab formasi yoshiga qarab uch guruhga bo‘lingan: 1–4, 5–7 va 8–11-sinflar uchun. Sinovda ishtirok etish uchun taqdim etilgan 30 ta namunalardan har bir guruh uchun to‘rttadan kiyimlar jamlanmasi tanlab olindi.

 

“Tajriba sofligini ta’minlash maqsadida, ikki maktabda bir necha xil formani bir vaqtning o‘zida sinovdan o‘tkazishga qaror qilindi. O‘quvchilarning ota-onalaridan o‘z izohlarini alohda kartalarda qayd etish so‘raldi. Xususan, tajribada yangi maktab formasining bolalar uchun qulayligi, chidamliligi, yuvilganidan keyin qanchalik kichraysh-kichraymasligi va matoning yumaloq tugunchalar bilan paydo bo‘lish-bo‘lmaslik xususiyatlari o‘rganildi”, — deyilgan assotsiatsiya xabarida.

Dizaynerlar aytishiga qaraganda, yangi maktab formasini ishlab chiqishda uch mavsum sharoitlari hisobga olingan – kuz, qish va bahor. Undan tashqari O‘zbekistonning turli hududlari iqlimi, milliy mentalitet, tozalik normalari va bolalar yoshi ham hisobga olingan. Yangi maktab formasi ishlab chiqarishda asosan mahalliy gazmol va furnituralardan hamda natural materiallardan foydalanilgan.

Maktab formasini tanlash bo‘yicha tajriba ushbu yilning oxiriga qadar yakunlanishi kerak, chunki kelasi o‘quv yilidan boshlab barcha maktablarda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan yangi formalarni joriy etish rejalashtirilmoqda. Har bir o‘quv muassasaning rahbariyati va ota-onalarga tasdiqlangan ko‘rinishdagi bir necha xil formalardan birini tanlab olish taklif etiladi. Maktab formasi maxsus magazinlarda sotiladi.

Sayt bo'ylab qidiruv
Imkoniyati cheklanganlar uchun

Ish tartibi

Ish vaqti: 9:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Dam olish kuni: Shanba va Yakshanba

Yangiliklarga obuna bo'lish
e-mail:

F.I.SH.:

Obuna: O'chirish:

Saytdagi odamlar


2 TA FOYDALANUVCHI HOZIR SAYTDA